PERFEKSIONIZMNING SUBYEKTIV FAROVONLIKKA TA’SIRI NAZARIY-AMALIY ASOSLARI

Perfeksionizm, subyektiv farovonlik, psixologik salomatlik, stress, emotsional rivojlanish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, o‘z-o‘zini baholash, maqsadlar belgilash, ijtimoiy talablar, farovonlikni oshirish, boshqalar uchun perfeksionizm, psixologik tavsiyalar, ta’lim, ijtimoiy aloqalar, sog‘lom yondashuv.

Mualliflar

Ushbu maqolada perfeksionizmning subyektiv farovonlikka ta’siri keng ko‘lamda tahlil etiladi. Perfeksionizm, o‘z-o‘zini va boshqalarni yuqori standartlarga muvofiq baholash, shaxsning psixologik holatiga, emosional rivojlanishiga va ijtimoiy aloqalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Maqolada, perfeksionizmning uchta asosiy ko‘rinishi o‘z-o‘ziga qo‘yilgan, boshqalar uchun qo‘yilgan va ijtimoiy talablar bilan bog‘liq perfeksionizm – keltiriladi. Tadqiqot natijalari, yuqori perfeksionistik talablar bilan bog‘liq stress va kayfiyat o‘zgarishlarining subyektiv farovonlikni pasaytirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Biroq, sog‘lom va erishish mumkin bo‘lgan maqsadlar belgilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va emotsional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi strategiyalarni qo‘llash, shaxsiy farovonlikni oshirishga yordam berishi mumkin.