BILINGVIZM – JAMIYAT RIVOJLANISHINING MUHIM SOTSIOLINGVISTIK OMILI SIFATIDA

Sotsiolingvistika, lingvopsixologiya, zullisonaynlik, bilingvizm, polilingv, diglossia, bikulturalizm, spontan tarjima.

Mualliflar

  • Ixtiyor UMIROV O‘zDJTU “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi dotsenti, f.f.n., Uzbekistan

Maktabgacha ta’lim nazariyasida bolaning rivojlanish jarayonini shakllantirish va boshqarishga turli yondashuvlar ishlab chiqilgan. Ularning barchasi yoshning psixofiziologik o‘ziga xosligi, bolaning individualligi, shaxsiyati, faolligi, murakkabligi va boshqalar kabi omillarni hisobga oladi. Biroq, bolalarga kichik yoshidan tillarni o‘rgatishning sotsialingvistik va lingvopsixologik metodlari masalasi ham til o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishi ilmiy jihatdan o‘z tasdig‘ini topgan emas. Ushbu maqola aynan shu tomonlari bilan dolzarblik kasb etadi. Bundan tashqari, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarda bilingvallikni shakllantirish metodikasi hamda ikki tillilikni shakllantirishning psixolingvistik hamda sotsialingvistik aspektlari haqida ham gap boradi