BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QISH VA YOZISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Nutqiy kompetensiya, bolalar psixologiyasi, boshlang’ich sinf o’quvchilari, pedagog-mutaxassislar va h.k.

Mualliflar

O‘quvchilarni o‘z fikrlarini erkin, to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatish jamiyat uchun ham, psixologik va metodik jihatdan ham juda muhim bo‘lib, hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Inson yetuk shaxs bo‘lib yetishishda nutq jarayoni shakllanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq uni riojlanishi insonlar aro turlicha bosqichlarda umr bo‘yi davom etadi. Vaholanki, o‘quvchilarda nutq jarayonini rivojlantirishning bir qancha sinovdan o’tgan usullari mavjud. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funksiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va ta’sir etish vazifasini bajaradi. Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda o’qish va yozish ko’nikmalarini shakllantirish haqida atroflicha bayon qilinadi.