MAKTAB O‘QUVCHILARIGA TABIIY FANLARNI LOYIHA ISHLARI ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI

Loyiha asosida o‘qitish, tabiiy fanlar, umumiy o‘rta ta’lim, metodika, mustaqil fikrlash, amaliy tadqiqot, o‘quvchilar motivatsiyasi, guruhda ishlash, ilmiy-tadqiqot faoliyati, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish, ijodiy yondashuv, ta’limda innovatsiyalar.

Mualliflar

  • Ulfat RAHMONOV Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi fizika va astronomiya fani metodisti, mustaqil tadqiqotchi , Uzbekistan

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga tabiiy fanlarni loyiha ishlari asosida o‘qitish metodikasi ko‘rib chiqiladi. Loyiha metodi o‘quvchilarning mustaqil tadqiqot qilish qobiliyatlarini rivojlantirish va amaliy bilimlarni qo‘llashga yo‘naltirilgan. Tabiiy fanlarda loyiha asosida o‘qitish o‘quvchilarga real muammolarni hal qilish, ilmiy izlanishlar olib borish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi. Maqolada loyiha metodining asosiy tamoyillari, uning tabiiy fanlar doirasida qo‘llanilishi va o‘quvchilarning o‘quv jarayonida faol ishtirokini oshirishdagi roli tahlil etiladi.