DNK MARKERLARI YORDAMIDA AD1, A1, G GENOMLI GʻOʻZA TURLARI MOLEKULYAR FILOGENETIK TAHLILI

gʻoʻza, yovvoyi turlar, madaniy turlar, diploid, tetraploid, DNK, markerlar, genotip

Mualliflar

  • Sevara АRSLANOVA O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tayanch doktoranti , Uzbekistan
  • Ziroatxon ERNAZAROVA O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti katta ilmiy xodimi, b.f.n , Uzbekistan
  • Ozod TO‘RAYEV O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti katta ilmiy xodimi, PhD , Uzbekistan
  • Faxriddin KUSHANOV O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti katta ilmiy xodimi, b.f.d., prof, Uzbekistan

Ushbu maqolada, DNK markerlari yordamida AD1, A1 va G genomli gʻoʻza turlarini ierarxik klasterlash usuli asosida, ularning filogenetik shajara daraxtini tuzishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlarning natijalari keltirilgan. Oʻrganilgan tur va nav namunalari oʻrtasidagi oʻzaro filogenetik munosabatga oydinlik kiritilgan. Filogenetik tahlil natijalari, Gossypium L. avlodi gʻoʻza turlari 2 ta asosiy klasterga ajralganligini koʻrsatgan. Filogenetik daraxtning yuqori qismidagi 1-klasteridan G. hirsutum turiga mansub Ravnaq-1, Ravnaq-2 va Baraka navlari oʻrin olgan. 2-klasterning 1-subklasteridan G.bickii Prokh., G.nelsonii Fryx. va G.australe F.Mull. gʻoʻza turlari joy olgan boʻlsa, 2-subklaster oʻz navbatida 2 ta kichik subklasterlarga ajralgan hamda 1-kichik subklasterdan G. herbaceum L. kenja turlari vakillari joy olib, 2- kichik subklasterdan G.sturtianum var.nandewarense va G. sturtianum var.sturtianum lar joy olgan. Bu esa oʻz navbatida 13 ta gʻoʻza namunalarining bir-biri bilan genetik jihatdan oʻzaro yaqin yoki uzoqligini koʻrsatib bergan.