TIBBIYOT OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING RAQAMLI KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Raqamli kompetentlik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tibbiyot, intellektual boshqaruv, axborot xavfsizligi.

Mualliflar

Maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining raqamli kompetentligini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib, tibbiyot sohasi mutaxassislaridan yuqori darajadagi raqamli bilim va ko‘nikmalarni talab qilmoqda. Tadqiqotda intellektual boshqaruv tizimlari tibbiyot ta’limida qo‘llanilishi, ularning o‘quv jarayonini optimallashtirish va talabalarning individual ehtiyojlariga moslashtirishdagi roli tahlil qilingan.