DIALOGIK NUTQNING SEMANTIK RIVOJLANISHI

Dialog, semantik ma’no, pragmatik ma’no, adresat, adresant, savol javob diskursi, predikativ savol, situatsion asos.

Mualliflar

Ushbu maqolada hozirgi kunda lingvistikada dolzarb hisoblangan dialogik nutq va uning semantikasi o‘rganilgan. Muloqot jarayonida asosiy nutq ko‘rinishi bo‘lgan dialoglarning leksik yoki semantik rivojlanishi uning pragmatikasi bilan uzviy bog‘langanligi o‘zbek va ingliz tilida keltirilgan namunalar asosida tahlil qilindi. Shu bilan birga, nutq ishtirokchilari adresat va adresantning dialog jarayonida qo‘llaydigan lisoniy birliklari situatsion asos tushunchasiga monand shakllanishi dialog parchalari tahlili orqali ko‘rsatib berildi. Maqolada soʻroq gapning semantik tuzilishi har tomonlama tadbiq etilib, uning uch asosiy ma’no konstruksiyasi ya’ni imperativlik (buyruq), noaniqlik va xabar berish ekanligi aniqlandi. Savol-javob diskursida qoʻllanadigan keng funksional diapazon mana shu uch semaning turli kombinatsiyasidan hosil qilinadi. Bundan tashqari ,dialogik nutqda keng qo‘llaniladigan tasdiq talab etuvchi va predikativ savol turlari ingliz va o‘zbek tilida namunalar bilan o‘rganildi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi.