XORIJLIKLARGA O‘ZBEK TILINI O‘QITISHNING O‘QUV-DASTURIY TAʼMINOTI HOLATI VA DOLZARB VAZIFALAR

Ona tili, ikkinchi til, xorijiy til, til muhiti, xorijliklar, til ko‘nikmalari, tizimli dasturiy taʼminot, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, so‘zlashgichlar, lug‘atlar, A1 daraja, A2 daraja, taʼlim mazmuni, leksik-grammatik minimum

Mualliflar

Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi obro‘-eʼtiborining ortib borishi respublikamizga va o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqishning kuchayishiga, jahonning 60 dan ortiq mamlakatlaridagi yetakchi oliy taʼlim muassasalarida o‘zbek tili va madaniyati markazlarining ochilishiga olib keldi. Biroq bugungi kungacha respublikamizda xorijliklarga o‘zbek tilini o‘qitish bo‘yicha zamonaviy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgani, til taʼlimining kompetensiyaviy meʼyorlaridan kelib chiqib har bir daraja uchun alohida leksik minimum va grammatik minimum ishlab chiqilgani yo‘q. Bu xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘qitishning o‘quv-uslubiy taʼminotini yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanini taʼkidlaydi. Shuningdek, turli mamlakatlarda yashayotgan o‘zbekistonliklar va ularning farzandlari ona tillarini unutib yubormasliklari uchun maxsus darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilishi ham dolzarb masalalardan biridir. Maqolada mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan ayrim mulohazalar berilgan.