LINGVISTIK VA EKSTRALINGVSITIK TEGLASH XUSUSIDA

Til korpusi, lingvistik teglash, ekstralingvsitik teglash, qidiruv tizimi, til korpusi qidiruv tizimi

Mualliflar

Ushbu maqolada lingvistik va ekstralingvsitik teglash, uning til korpusi qidiruv tizimini ishlab chiqishdagi ahamiyati xususida fikr yuritilgan. Lingvistik teglash matn tahlili, modellarni o‘qitish, lingvistik tadqiqotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Lingvistik teglash (izohlash) ‒ bu matnga maʼlum bir lingvistik maʼlumot (izoh) qo‘shish jarayonidir. Bu maʼlumot(izoh)lar so‘z turkumi haqidagi izohdan tortib murakkab sintaktik qurilmalargacha bo‘lishi mumkin. Korpus interfeysida lingvistik teglashni aks ettirish tadqiqotchining ish qulayligi va samaradorligini belgilovchi muhim jihatdir.