AUTOIMMUN GIPOTERIOZNING INGICHKA ICHAK FERMENTLARI VA SO‘RILISHIGA TA’SIRI

autoimmun gipotireoz, enteral disaxaridazalar faolligi

Mualliflar

Kalamushlardagi eksperimental autoimmun tiroidit bilan tananing va ingichka ichakning massasi oshadi, ichakda uglevodlarning gidrolizlanishi va so‘rilishi kamayadi. Autoimmun tireoditli hayvonlarga selenni (0,4 mg/kg) intragastral ravishda surunkali yuborilishi morfometrik ko‘rsatkichlarni va ichakdagi fermentativ va transport jarayonlarini qisman tiklaydi.