OLTIARIQSOY VA JANUBIY FARG’ONA KANALI IRMOQLARIDA TARQALGAN KUSHAKEVICH YALANGBALIG’I – ISKANDARIA KUSCHAKEWITSCHI (HERZENSTEIN, 1890)NING MORFOBIOLOGIK KO’RSATKICHLARINING QIYOSIY TAHLILI

Assimetriya, morfobiologik, merestik, yalangbaliq, yon chizig’, populyatsiyalar, bilaterial

Mualliflar

Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysi kichik suv havzalari bo‘lgan Oltiariqsoy va Janubiy farg‘ona kanali irmoqlarida tarqalgan Kushakevich yalangbalig‘i – Iskandaria kuschakewitschi (herzenstein, 1890)ning morfobiologik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili natijalari keltirilgan. Suv havzalarida muhit sharoitining barqarorligi baliqlarning morfobiologik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishiga olib kelmay, faqatgina baliqlarning umumiy o‘g‘irliklari va yon chizig‘idagi poralar sonida, nisbatan farqlar borligi aniqlangan. Baliqlarning assimetriya ko‘rsatkichi tahlili natijasiga ko‘ra ularning bilaterial belgilari o‘zgarishlarga uchramaganligini ko‘rsatdi. Bu baliqlarning bir xil muhit sharoitida yashayotganligini va muhit omillarining salbiy ta’siri yo‘qligini anglatadi.