NITRAT VA NITRITLARNING ORGANIZMDAGI FIZIOLOGIK JARAYONLARGA TA’SIRI(ADABIYOTLAR TAHLILI)
##submission.versions##
- ##submission.versionIdentity##
- ##submission.versionIdentity##
##submission.downloads##
Ma’lumki, tibbiyot sohasida o‘rganilayotgan patologik muammolar talaygina. Biz quyida oziq-ovqat mahsulotlaridan ayrim zaharlanishlar to‘g‘risida keltirib o‘tmoqchimiz. Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, ko‘plab mahsulotlar (masalan, tabiiy sabzavotlar, mevalar), suv va havo tarkibida nitrobirikmalar uchraydi. Agrotexnika munosabatlarida o‘g‘itsimon mahsulotlardan noto‘g‘ri foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarida ular dozasining meyordan ko‘pligi va uni iste’mol qilish oqibatida kishilarning zaharlanishi ko‘p hollarda kuzatiladi. Bunda qon tarkibidagi gemoglabinning (Fe2+ atomi) erkin kislorod atomini biriktirib metgemoglabin holatiga (Fe3+ atomi) o‘tishi natijasida, qonning funksional tizimining izdan chiqishi va buning oqibatida organizmda ko‘plab fiziologik jarayonlarning buzilishiga olib kelganligini ko‘rish mumkin. Ko‘rib chiqilgan ma’lumotlarni tahlil qilish mobaynida nitratlar va nitritlarning toksikligini o‘rganish nafaqat ruxsat etilgan konsentratsiyalarni asoslash nuqtai-nazaridan, balki zaharning uzoq muddatli ta’siriga oid savollarni hal qilish va ushbu birikmalarning kanserogen xavfini aniqlash uchun ham qiziqish uyg‘otadi. 50 kg tana massali o‘rta yoshli kishi uchun, nitratlar va nitritlarning kunlik miqdori (ruxsat etilgan) 200 mg NO3 ni, azot bo‘yicha 45 mg ni tashkil etishi kerak. YA’ni nitrat birikmalari haar 1 kg tana massasi uchun 4 mg ni tashkil etilishi lozim ekan (V.T.Mitchenkov). Havodagi izopropilnitratning tavsiya etilgan maksimal miqdori esa 0,005 mg/l (CH 245-71) ni tashkil etishi kerak. Nitratlarning intoksikatsiyasi turli tipdagi hayvonlarda nafas olish, og‘iz orqali va teriga yuborish orqali o‘rganilgan. M.N.Kolyadich, R.A.Nishiy, Sleight va Atallah gvineya cho‘chqalarida, N.G,Demeshkevich. L.Y.Vasyukovich, N.Krasovskiy, V.A.Aleksandrov kalamushlarda hamda S.N.Yunusova, O.G.Arxipovalar sichqonlar ustida eksprimental sharoitlarda o‘rgangan.
1. Журавлев В.Ф., Цапков М.М. «Токсичность нитратов и нитритов». УДК 615.916.171.1/.175(048.8), 62-66 стр.,1982 г.
2. Soliyeva M.G’., Xosilova Z.B.,Xasanova D.Y., Abdullayeva G.T. “Nitrit va nitratlar intoksikatsiyasining inson organizmiga ta’siri”, Odam faoliyati va hayot xavfsizligi fanlarining dolzarb muammolari, innovatsiya va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari. 2024-yil, 18-may, 17-19 betlar.
3. Солиева Мафтуна Ғуломжоновна, Хасанова Дилфуза Юлдашалиевна, Хосилова Зиёфат Бегмуратовна, Хайитбоев Азамат Мадамин ўғли, Абдуллаева Гулбоҳор Толибжоновна. “Нитрат/нитрит интоксикациясида организмнинг физиологик холати”. Infeksiya, immunitet va farmakologiya. №5/2024 , 128-132 betlar.
4. Maftuna Soliyeva, Dilfuza Xasanova, Ziyofat Xosilova, Azamat Hayitboyev, Gulbohor Abdullayeva. “Nitrit va nitratlar intoksikatsiyasining inson organizmiga ta’siri”. O‘zbekiston milliy universiteti xabarlari, 2024, [3/1/1] issn 2181-7324. 135-138 betlar.
5. Андрей Беловешкин. Нитратный цикл, часть 4. удивительные превращения нитратов в организме. https:// www. beloveshkin. Com / 2016/ 01/ udivitelnye-prevrashheniya-nitratov-v-organizme.html.
6. Жиляев В.А., Басов А.С., Полехина Н.Н. Влияние нитратов и нитритов на организм человека // Международный студенческий научный вестник. – 2022. – № 5.
7. Bahadoran, Z., Ghasemi A.., Mirmiran P .// Beneficial effects of inorganic nitrate/nitrite in type 2 diabetes and its complications.// Nutr Metab 12, 16, 2015. 8. Bahadoran, Z., Ghasemi A.., Mirmiran P .// Beneficial effects of inorganic nitrate/nitrite in type 2 diabetes and its complications.// Nutr Metab 12, 16, 2015. 9. Borniquel S, Jansson EA, Cole MP, Freeman BA, Lundberg JO. 2010. Nitrated oleic acid up-regulates PPARgamma and attenuates experimental inflammatory bowel disease. Free Radic Biol Med. 48(4):499–505.
10. Colvin C, Tredoux G, Clarke S, Le Maitre D, Englebrecht P and Maherry A. 2008.. Integration goes underground: A review of groundwater research in support of sustainable development in South Africa. Science real and relevant: 2 nd CSIR International Convention Centre, Pretoria, 17 th and 18 th November 2008, pp1.
Mulkiiyat (c) 2025 O‘zMU xabarlari

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..


.jpg)

.png)






