SOVUQ ATMOSFERIK PLAZMANING FARMATSEVTIK OQOVA SUVLAR TARKIBIDAGI OFLOKSATSIN ANTIBIOTIGIGA TA’SIRINI MODELLASHTIRISH

oqova suvlar, ftorxinolon, ofloksatsin, sovuq atmosferik plazma, reaktiv kislorod zarralari, molekulyar dinamika

Mualliflar

  • Otamurot RAJABOV Sirojiddin MIRZAYEV O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti stajyor tadqiqotchisi,O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining vitse-prezidenti, professor , Uzbekistan
  • Umedjon XALILOV Maksudbek YUSUPOV O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti bosh ilmiy xodimi, f.-m.f.d,“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti huzuridagi Fundamental va Amaliy Tadqiqotlar Instituti laboratoriya mudiri, f.-m.f.d. , Uzbekistan

Antibiotiklardan keng foydalanish oqova suvlar ifloslanishining ortishiga olib keldi. Sovuq atmosferik plasma (SAP) an’anaviy usullarga qaraganda antibiotiklarni parchalashda samaraliroq bo‘lib chiqdi. Biroq, SAP ta’sirining asosiy mexanizmlari hali to‘liq o‘rganilmagan. Ushbu tadqiqotda ofloksatsin (OFL) antibiotikining SAP yordamida parchalanish mexanizmlari reaktiv molekulyar dinamika usuli orqali o‘rganildi. Xususan, SAP tomonidan hosil qilingan reaktiv zarralar sifatida kislorod atomi tanlandi va OFL bilan o‘zaro ta’siri atomar darajada tadqiq etildi. Natijalar OFLning metil va metilen guruhlarida, ayniqsa, gidroksil va epoksid guruhlarining shakllanishini, shuningdek, tizimdan suv va karbonat angidridining ajralib chiqishini ko‘rsatdi