O‘ZBEK TALABARI HAYOTIDA TIL VA MULOQOTNING O‘RNI

O‘zbek, til, talaba, muloqot, etiket, o‘zlikni anglash, sheva, lingvistika, antropologiya, muloqot madaniyati, muloqot vaqti

Mualliflar

Mazkur maqolada talabalar hayotida til va muloqotning tutgan o‘rni har tomonlama tahlil qilinadi. Til – bu nafaqat aloqa vositasi,
balki ijtimoiy ong, madaniyat va shaxsiy identifikatsiyaning muhim omili sifatida talqin etiladi va turli xil qarash va
nazariyalarga ham ahamiyat beriladi. Maqolada talabalar o‘rtasidagi samarali muloqot, o‘zaro tushunish, madaniy xilma-xillikni
hurmat qilish va nutq madaniyatini rivojlantirish zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, turli shevalar ta’sirida muloqot shakllari
va til uslublaridagi o‘zgarishlarga ham e’tibor qaratilgan. Maqolada pedagogik hamda psixologik yondashuvlar asosida til va
muloqotning talaba shaxsini shakllantirishdagi roli yoritiladi.