UMUMIY O ‘RTA TA’LIM MAKTAB YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI

Kasbiy kompetentlik, o‘rta ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, insoniy fazilatlar, loyihaga asoslangan ta’lim, fanlararo o‘qitish, uzoq muddatli natijalar.

Mualliflar

Ushbu tadqiqot umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida kasbiy mahoratni rivojlantirishning samarali strategiyalarini o‘rganadi. Tadqiqot kasbga yo‘naltirilgan ta‘lim, insoniy fazilatlar va real hayotga tatbiq etiladigan bilimlarga e’tibor qaratadi. O‘quvchilarning kommunikativ, tanqidiy fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda fanlararo o‘qitish, raqamli vositalar va faol ta‘lim metodlarining o‘rni ta‘kidlanadi. Interfaol metodlardan foydalangan holda o‘tkazilgan ushbu tadqiqotda “Genius” xalqaro maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadqiqotdan oldin va keyin o‘tkazilgan testlar natijalari kasbiy mahorat tadqiqot davomida qay darajada o‘sganligini namoyon etdi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim faoliyatlaridan so‘ng o‘quvchilarning bilim, muammolarni hal qilish va muloqot qilish ko‘nikmalari sezilarli darajada oshgan.