PARHEZLAR VA SEMIZLIK: G‘ARBIY, O‘RTA YERDENGIZI O‘SIMLIKLARGA ASOSLANGAN VA KARBONGIDRATLARI KAM BO‘LGAN PARHEZLARNING TAQQOSLOVCHI TAHLILI

Obesity, body mass index (BMI), waist circumference, dietary patterns, Western, Mediterranean, plant-based, low-carbohydrate diets

Mualliflar

  • Sherali KUZIEV Associate Professor of the National University of Uzbekistan, PhD, Uzbekistan
  • Rukhsora SHAVKATOVA Associate Professor of the National University of Uzbekistan, PhD, Uzbekistan

Semizlik – bu dunyo bo‘yicha keng tarqalgan muammo bo‘lib, turli xil ovqatlanish odatlari bilan bog‘liqdir. Semizlikka chalingan odamlar sonining ortib borishi bilan, parhezning rolini tushunish semizlikning oldini olish uchun samarali ovqatlanish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada G‘arbiy, O‘rta Yer dengizi, o‘simliklarga asoslangan va kam uglevodli parhezlar ko‘rib chiqilib, ularning semizlik bilan bog‘liq natijalarga ta’siri baholangan. Ushbu parhezlarni yorituvchi tadqiqotlar ko‘rib chiqilgan va har bir parhez semizlikni qanday oldini olishi yoki unga qanday hissa qo‘shishi haqida taqqoslovchi jadval keltirilgan. Semizlikni aniqlashda tana massasi indeksi (TMI), bel atrofi va yog‘ foizi asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘rta Yer dengizi va o‘simliklarga asoslangan parhezlar semizlikka qarshi himoya ta’siriga ega bo‘lsa, G‘arbiy parhez esa tana vaznining ortishi va moddalar almashinuvi kasalliklari bilan bog‘liq. Kam uglevodli parhez qisqa muddatda vazn yo‘qotishda samarali bo‘lishiga qaramay, uning uzoq muddatli ta’siri oldindan aytib bo‘lmaydi. Shuningdek, moddalar almashinuvi bilan bog‘liq uzoq muddatli natijalarni baholash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar zarur.