KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOYNING TURLI NAV NAMUNALARIDA AYRIM MIQDORIY BELGILARNING O‘ZARO FARQLANISHI VA O‘ZGARUVCHANLIGI

yumshoq bug‘doy, bir boshoqdagi don soni, don vazni, o‘zgaruvchanlik

Mualliflar

Ushbu maqolada kuzgi yumshoq bug‘doy nav namunalarida bir boshoqdagi don soni, vazni va 1000 dona don vazni kabi hosildorlik belgilarining navlararo va nav ichidagi o‘zgaruvchanlik ko‘lami va farqlanishi tahlil qilingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, navlararo va nav ichida ahamiyatli farqlanish bir boshoqdagi don soni belgisida boshqa belgilarga nisbatan yuqori ekanligi, bir boshoqdagi don vaznining pasayishi esa don to‘lishish davrida havoning keskin isib ketishi bilan bog‘liqligi izohlangan.