EKSPERMENTAL MIOKARDITDA YURAK MITOXONDRIYASINING ATF GA BOG‘LIQ KALIY KANALIGA YaN-1 VA YaN-2 POLIFENOL BIRIKMALARNING TA’SIRI

heart, mitochondria, myocarditis, mitoKATP channel, YaN-1, YaN-2.

Mualliflar

Ushbu maqolada adrenalin bilan chaqirilgan eksperimental miokarditda kalamush yurak mitoxondriyasining ATFga bog‘liq kaliy kanali (mitoKATF-kanal) faolligiga gossipol diazoimino hosilalari YaN-1 va YaN-2 polifenollarining ta’siri o‘rganilgan. Mitoxondriya ichki membranasining mitoKATF-kanali faolligi spektrofotometrda optik zichligi o‘zgarishini qayd etish orqali aniqlangan. Tajriba uchun olingan erkak oq zotsiz kalamushlar V guruhga ajratilgan. Kalamushlarda miokardit chaqirish uchun 100 g tana vazniga nisbatan adrenalinning 0,1% eritmasidan 7 kun davomida qorin teri parda ostiga (per. os) in’eksiya qilingan. Ekspermental miokardit chaqirilgan III guruh kalamushlarga YaN-1 polifenolidan (20 mg/kg/sutka), IV guruhga YaN-2 (10 mg/kg/sutka) va V guruhga kversetin flavonolidan (20 mg/kg/sutka) 10 kun peroral yuborilgan. Adrenalin bilan chaqirilgan miokardit sharoitida yurak mitoKATF-kanal faolligiga YaN-2 gossipol diazamino hosilasi aktivlovchi xossasi YaN-1 va kversetinga nisbatan faol ekanligi aniqlandi.