STREPTOZOTOSIN DIABETDA KALAMUSH JIGARI MITOXONDRIYASINING ATFGA BOG‘LIQ KALIY KANALIGA RAMNOTSITRIN VA XRIZOERIOL FLAVONOIDLARINING TA’SIRI

jigar, mitoxondriya, mitoKATF-kanali, xrizoeriol, ramnotsitrin.

Mualliflar

Ushbu ishda streptozotosin (STZ) diabetda kalamush jigar mitoxondriyasining ATFga sezgir kaliy (mitoKATF-kanal) kanaliga xrizoeriol va ramnotsitrin flavonoidlarining ta’siri o‘rganilgan. Ramnotsitrin Oxytropis rosea o‘simligidan va xrizoeriol flavonoidi esa Centaurea squarrosa o‘simligidan ajratib olingan. Kalamushlarda STZ diabet modeli STZning 50 mg/kg dozasi yordamida chaqirildi. Tajribalarda kalamushlar V guruhga ajratib olindi. STZ diabet sharoitida ramnotsitrin va xriozoeriol flavonoidlari kalamush jigar mitoKATF-kanali o‘tkazuvchanligini oshirishi aniqlangan.