MALAKALI GANDBOLCHILAR O‘YININING MUSOBAQA SHAROITIDAGI TEXNIK-TAKTIK TAHLILI

gandbolchilar, texnik-taktik harakatlar, asosiy omillar, musobaqalar, to‘p otish, to‘p uzatish, «fint»

Mualliflar

Maqola gandbolchilarning texnik-taktik harakatlari samaradorligi va sport natijalarini belgilab beruvchi asosiy omillarni aniqlashga bag‘ishlangan. Musobaqa faoliyati tahlili o‘yin elementlarini bajarish sifati va umumiy sport natijasiga bevosita ta'sir ko‘rsatuvchi bir qator muhim jihatlarni aniqlash imkonini berdi. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, to‘pni otish asosan sakrash fazasida amalga oshiriladi, statik holatdan otishlar esa juda kam uchraydi. Olib borilgan tadqiqotlar to‘p uzatishdagi asosiy xatolarni aniqladi, ya'ni raqib jamoa himoyachilarining faol qarshiligi sharoitida aniqlikning pasayishi. Chalg‘ituvchi harakatlar («fntlar») texnik ijrosidagi kamchiliklar ayrim o‘yin epizodlarining samaradorligi pasayishiga olib keladi.O‘yinchilarning tezlik-kuch tayyorgarligining yuqori darajasi nafaqat jismoniy holatlar, balki texnik imkoniyatlarning yaxshilanishi bilan ham ijobiy bog‘liqligi aniqlandi, bu esa yuqori sport natijalariga erishishga xizmat qiladi.