YIRIK SPORT MUSOBAQALARINING INSONLARNI FAOL TURMUSH TARZIGA JALB QILISHDAGI AHAMIYATI

sog‘lom turmush tarzi, sport tadbirlari, motivatsiya, so‘rovnoma, jismoniy faollik, ommaviy sport faoliyati

Mualliflar

Ushbu maqola yirik sport tadbirlarining sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan yondashuvni shakllantirish jarayoniga ta'sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda O‘zbekiston sportchilari tomonidan erishilayotgan muvaffaqiyatlar va ularning jamiyatda jismoniy faollikka bo‘lgan qiziqishni oshirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning empirik asosini o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari tashkil etadi, bu natijalar yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga bo‘lgan motivatsiyasi ortayotganini tasdiqlaydi. Qolaversa, ommaviy sport turlarini rivojlantirish, sport infratuzilmasini takomillashtirish va aholi keng qatlami uchun jismoniy-sport faoliyatida faol ishtirok etishga sharoit yaratish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Sportning tarbiyaviy jarayondagi muhim vosita sifatidagi roli, ijtimoiy aloqalarni kuchaytirish va millat salomatligini yaxshilashdagi ahamiyatiga alohida e'tibor qaratilgan.