Tabiiy fanlar

KARTOSHKA Y VIRUSINING O‘SIMLIK TO‘QIMALARIDAGI XLOROFILL VA KAROTINOIDLAR MIQDORIGA TA’SIRINI O‘RGANISH

Indikator o‘simlik, xlorofill, pigment, fotosintez, karotinoid, virus, kartoshka Y virusi (KYV), fitopatogen, spektrofotometr.

Mualliflar

  • Nasiba SHONAZAROVA, Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Farxod ESHBOYEV, O‘zRFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Voxid FAYZIYEV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori, Uzbekistan
  • Eldor YULDASHEV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi, Uzbekistan

Ushbu maqolada kartoshka Y virusining turli xil indikator o‘simliklar (Nicotiana samsun, Nicotiana verjenya, Datura metel, Dahlia) bargidagi xlorofill “a” va xlorofill “b” pigmentlari hamda karotinoidlar miqdoriga ta’siri o‘rganilib, kartoshka Y virusi (KYV) ning o‘simliklarning fotosintezlovchi pigmentlarga yetkazadigan zararlanish darajasi aniqlandi. Olib borilgan o‘rganishlar natijasida virus bilan zararlanish darajasi ortgan sari, o‘simliklar bargidagi xlorofill “a” va xlorofill “b” pigmentlarining miqdori nazoratga (2,217-1,462 mg/g) nisbatan kuchsiz kasallanishda 1,1 marta (1,999-1,202 mg/g), o‘rtacha kasallanishda 1,3 marta (1,670-0,901 mg/g), kuchli kasallanishda esa 2,7 marta (0,823-0,564 mg/g) kamayib borishi hamda zararlanish darajasi oshgan sayin aksincha karotinoidlar miqdorining ham ko‘tarilib borishi o‘rganildi