Tabiiy fanlar

Si/ZnO SIRTIDA MAGNETRONLI CHANGLATISH USULIDA QUYOSH ELEMENTI SIFATIDA YUPQA MIS OKSIDI QATLAMINI O‘STIRISH VA TAVSIFLASH

magnetron changlatish, geterostruktura, kristallik-amorflik, kristallitlar o‘lchami, quyosh elementi, ruh oksidi.

Mualliflar

  • O‘tkir XOLIQOV Sherali XOJIYEV Termiz muhandislik texnologiyalari instituti assisenti, fizika-matematika fanlari nomzodi,Toshkent davlat tibbiyot univesiteti dotsenti, fizika-matematika fanlari doktori , Uzbekistan
  • Isroil KOSIMOV Ilyos KHUDAYQULOV Bioorganik kimyo instituti yetakchi muhandisi, PhD, Ion plazmasi va lazer texnologiyalari instituti katta ilmiy xodimi, PhD , Uzbekistan
  • Boburjon KAXRAMONOV Ion plazmasi va lazer texnologiyalari instituti katta ilmiy xodimi, PhD , Uzbekistan

Ushbu maqolada magnetron changlatish usuli orqali Si/ZnO taglik sirtida CuO va Cu₂O asosidagi yupqa qatlamli geterostrukturalar sintez qilindi. Tadqiqotda taglik sirtiga harorat va ionli tozalashning ta’siri o‘rganildi. Uch xil holatda qizdirilmagan, 600 °C haroratda qizdirilgan va miltillama razryad ionlari bilan tozalangan CuO va Cu₂O qatlamlari o‘stirildi. Hosil bo‘lgan qatlamlarning kristallografik tuzilishi, fazaviy holati, sirt morfologiyasi, element tarkibi va Raman spektroskopik xossalari tegishli analitik usullar yordamida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yuqori haroratda qizdirish va ionli tozalash orqali bir jinsli, zich va kristallik darajasi yuqori bo‘lgan qatlamlar hosil bo‘ladi. Olingan CuO/Cu₂O geterostrukturalar quyosh elementlari yaratishda istiqbolli material sifatida tavsiya etiladi.