Tabiiy fanlar

GAP (111) NING ELEKTRON TUZILISHI, EMISSIYASI VA OPTIK XUSUSIYATLARIGA MONOQATLAMLI CS ATOMLARI ADSORBSIYASINING TA’SIRI

Surface, thickness, work function, monolayer, structure, single crystal, deposition.

Mualliflar

Ultrabinafsha fotoelektron spektroskopiyasi, yorug‘lik yutilish spektroskopiyasi va haqiqiy ikkilamchi elektronlar spektroskopiyasi usullaridan foydalangan holda, 1 monoqatlam qalinligidagi Cs atomlarining changlatilishining valentlik va o‘tkazuvchanlik zonalaridagi elektronlar holat zichligiga, energiya zona parametrlariga va fotoelektronlarning kvant chiqishga ta’siri o‘rganildi. Aniqlanishicha, seziy 1 monoqatlamli GaP(111) monokristallari yuzasiga changlatilganda Eg ning qiymati va valent elektronlarining holat zichligi maksimumlarining o‘rni amalda o‘zgarmaydi, ammo fotoelektronlarning chiqish ishi 1,94 eV gacha kamayadi va fotoelektronlarning kvant chiqishi 5 marta yoki undan ko‘proq oshadi.