Tabiiy fanlar

KOBALT(II) VA NIKEL(II) XLORIDLARINING 5-METIL-2-(1,3-TIAZOL-2-ILSULFANIL)-1,3,4-TIADIAZOL BILAN KOORDINATSION BIRIKMALARI SINTЕZI VA TADQIQOTI

kobalt, nikel, tiadiazol, tiazol, ligand, koordinatsion birikmalar, SEM-EDX, IQ-spektr, DQES, termik tahlil.

Mualliflar

Tadqiqotning maqsadi kobalt va nikel xloridlarining yangi ligand 5-metil-2- (1,3-tiazol-2-ilsulfanil)-1,3,4-tiadiazol bilan sintez qilingan kompleks birikmalarining tuzilishini aniqlashdan iborat. Sintez qilingan kompleks birikmalarning tarkibi va tuzilishi element, termik tahlil (TG/DTA), infraqizil (IQ) spektroskopiya hamda diffuz qaytarilishning elektron spektroskopiyasi usullari yordamida o‘rganildi. Tadqiqotlar natijasida markaziy metall ionining ligand molekulasidagi tiadiazol va tiazol halqalarining azot atomlari orqali bidentat koordinatsiyalanishi aniqlandi. Xlorid anionlari atsidoligandlar rolini o‘ynaydi, komplekslar esa neytral neytral tipga mansub ekanligi tasdiqlandi

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##