Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘QITUVCHILARINI INKLYUZIV MUHITDA ISHLASHGA TAYYORLASH DOLZARB MUAMMO SIFATIDA

Inklyuziv ta’lim, nogiron bolalar, psixologik korreksiya, pedagogik tayyorgarlik, jamiyat integratsiyasi, ta’lim texnologiyalari, pedagogik kompetensiya, o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro tajriba.

Mualliflar

Maqolada alohida e’tiborga muhtoj bolalarning ruhiy va psixologik holatini inobatga olgan holda inklyuziv ta’limning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Unda inklyuziv ta’limning pedagogik, psixologik jihatlari, nogiron bolalarning ta’limiy ehtiyojlarini qondirish va ularning jamiyatda teng huquqliligi ta’minlanishi masalalari yoritilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’lim tizimini samarali tashkil etish uchun pedagogik kadrlarga bo‘lgan talablar, o‘qituvchilarni tayyorlash va ularning kasbiy kompetensiyalarini oshirish yo‘nalishlari muhokama qilinadi.