Ijtimoiy-gumanitar fanlar

POETIK MATNLARNI SEMANTIK ANNOTATSIYALASH TAJRIBASIDAN

semantik annotatsiya, poetik matn, korpus lingvistikasi, lingvistik tahlil.

Mualliflar

Ushbu maqolada poetik matnlarni semantik annotatsiyalash jarayoni tahlil qilinadi. Semantik annotatsiyaning mohiyati, tarixiy rivojlanishi, asosiy ustuvorliklari va metodologik yondoshuvlari keng ko‘lamda yoritiladi. Ingliz, rus va turk tillaridagi semantik annotatsiya amaliyotlari taqqoslanib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari jadval va grafik vositalari yordamida ifodalanadi. Tadqiqot natijalari poetik matnlarni lingvistik jihatdan o‘rganishda semantik annotatsiyaning ahamiyatini yanada oshirishga qaratilgan.