Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOLA OBRAZI NAZARIY MUAMMO SIFATIDA

badiiy obraz, bola obrazi, timsol, tipik obraz, prototip, obraz turlari, psixogenetik nazariya, sotsiogenetik nazariya, yosh psixologiyasi.

Mualliflar

##submission.downloads##

Ushbu maqolada badiiy adabiyotda obraz va uning tabiati nazariy jihatdan tahlil etilgan. Obrazning individuallashtirilgan umumlashma sifatida namoyon bo‘lishi, unda narsa-hodisaning umumiy jihatlari bilan birga o‘ziga xos xususiyatlarni mujassamlashtirishi tadqiq etilgan. Muallif xarakteristikasi, portret, badiiy psixologizm, personaj nutqi kabi tasvir unsurlari badiiy obrazning jonliligini ta’minlovchi vositalar sifatida o‘rganilgan. Bola obrazi va bolalik tasviri badiiy adabiyotning doimiy va eng muhim obrazlaridan biri sifatida talqin qilinib, u badiiy obraz sifatida ruhiy poklik, ezgulik, samimiylik ramzi bo‘lib assotsiatsiyalanishi hamda badiiy asarning umumiy konsepsiyasi uchun asos hisoblanishi xulosalangan.