##submission.outdatedVersion##
Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ABUL HASAN MARG‘INONIYNING “MAHOSIN UL-KALOM” ASARINING QO‘LYOZMASIDA KIRISH QISMNING MATNI BERILISHI VA MAZMUNI

Mahosin ul-kalom, Abul Hasan Marg‘inoniy, balog‘at ilmi, badiiy san’at, Qur’on uslubi, adabiy tahlil, klassik arab nasri, ilmiy va ruhiy meros, estetik ifoda, so‘z san’ati

Mualliflar

##submission.versions##

Ushbu maqolada Abul Hasan Marg‘inoniy tomonidan yozilgan “Mahosin ul-kalom” asarining qo‘lyozma kirish qismi matni o‘rganilib, uning lug‘aviy va ma’no jihatdan tahlili amalga oshirildi. Asarda balog‘at, badiiy san’atlar, lafz va ma’nodagi uyg‘unlik, Qur’onning betakror bayon uslubi kabi masalalar yoritilgan. Marg‘inoniy bu risolani adabiyotga mehr qo‘ygan kishilar uchun yozganini ta’kidlab, o‘z davrida adabga bo‘lgan e’tibor susaygan bir paytda, go‘zal so‘zning fazilatlarini yoritishga intilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, “Mahosin ul-kalom” o‘z davrining yuksak estetik-ruhiy talqiniga ega bo‘lgan asarlardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida Qur’onning uslubiy va mazmuniy jihatdan inson nutqidan butunlay ajralib turuvchi mo‘’jiza sifatida baholanganligi, balog‘at ilmining esa chuqur tafakkur va qalbiy bog‘liqlik asosida o‘zlashtirilishi zarurligi ilgari surildi.