Ijtimoiy-gumanitar fanlar

JAHON ADABIYOTSHUNOSLIGIDA VOQELIKNI SATIRIK TANQID QILISHNING O‘ZIGA XOS OMILLARI

satirik hikoya, satirik yozuvchilar, satirik obraz, “Bir siqim tuproq”, “Tanazzulga yuz tutgan sevgi”.

Mualliflar

  • Muqadas MURODOVA Gulnora RUZMATOVA Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali o‘qituvchisi, PhD, Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali o‘qituvchisi , Uzbekistan

Birinchi jahon urushidan so‘ng Viktoriya g‘oyalari va puritanlik axloqining inqirozi oshkora bo‘lgan Britaniya jamiyatini gullab-yashnagan deb atash mumkin emas edi. Ma’naviy va axloqiy qadriyatlarning an’anaviy tizimlari tanazzulini kuzatgan Ivlin Vo o‘z atrofidagi dunyoni tamoyillar, narsa-hodisalar nuqtai nazaridan emas, hatto cherkov amrlari yoki qadimgi ingliz aristokratiyasiga xos bo‘lgan fazilatlar bilan emas, balki o‘z tafakkur olamidagi mavjud mezonlar bilan baholadi. Ivlin Voga qiyoslamoqchi bo‘lgan Abdulla Qahhor ijodi ham sermahsul. O‘zbek adabiyoti va san’ati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qahhor o‘zbek xalqi hayoti, insonning ichki va ma’naviy dunyosi haqida o‘lmas asarlar yaratdi.