Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“KO‘NGIL” KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLARNING PSIXOSEMANTIK TALQINI

ko‘ngil, frazeologizm, psixosemantika, kognitiv model, lingvokulturologik yadro, metaforik modellashtirish, semantik darajaviylik.

Mualliflar

Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi “ko‘ngil” komponentiga ega bo‘lgan frazeologik birliklarning psixosemantik modellari va ularning kognitiv-struktural tuzilmasi tahlil qilinadi. Tadqiqot zamonaviy kognitiv va lingvokulturologik yondashuvlar asosida olib borilib, frazeologizmlarning inson psixikasi, emotsional holati va ijtimoiy-madaniy kontekstdagi semantik jihatini ochib beradi. “Ko‘ngil” komponenti faqat individual emotsiyalarning ifodasi emas, balki milliy ongda shakllangan axloqiy-me’yoriy qadriyatlar tizimining tildagi obrazli in’ikosidir. Maqolada “xafalik” semantik yadrosi atrofida “ko‘ngli cho‘kmoq”, “ko‘ngli xira”, “ko‘ngli og‘rimoq” kabi iboralar psixosemantik yondashuv asosida darajaviy va metaforik struktura nuqtayi nazaridan modellashtiriladi