Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“O‘ZBЕKISTON XALQ DIPLOMATIYASIDA “LAZGI” FЕNOMЕNI: MILLIY MЕROSDAN GLOBAL MULOQOT SARI”

Xalq diplomatiyasi, Lazgi, o‘zbek raqsi, madaniy diplomatiya, balet, YUNЕSKO, xalqaro festival, madaniyatlaaro muloqot, raqs san’ati, estetik ta’sir.

Mualliflar

Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq diplomatiyasining amaliy yo‘nalishlaridan biri sifatida “Lazgi” raqsi fenomeni tahlil qilinadi. Muallif raqs san’atining tarixiy ildizlari, xalqaro tan olinishi, jumladan, YUNЕSKO ro‘yxatiga kiritilishi va xalqaro sahnalarda namoyishi orqali bu raqsning xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi o‘rnini asoslab beradi. Maqolada, shuningdek, “Lazgi – muhabbat va qalb raqsi” baletining global sahnalarda namoyishi, turli xalqaro festivallardagi ishtiroki hamda AQSHda o‘zbek raqs san’atiga bo‘lgan qiziqish xalq diplomatiyasining samarali vositasi sifatida tahlil etiladi.