Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KONSEPTNING LINGVISTIK TALQINI VA TUZILISHI

Lingvokulturologiya, konsept, segment, abstraksiya, bag‘rikenglik, semantik xususiyat, leksik-semantik paradigma, universal konsept, avtoxton konsept, madaniyat, til, kognitiv lingvistika

Mualliflar

Ushbu maqolada lingvokulturologik konsept va segment tushunchalarining tuzilishi, ularning til va madaniyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Konseptlarning qatlamli modeli, xususan, yadro, asosiy qatlam va segmentlar misolida "bag‘rikenglik" konsepti asosida yoritiladi. Maqolada konseptual va semantik xususiyatlarning farqlanishi, universal va avtoxton konseptlarning til va madaniyatlararo o‘ziga xosligi, shuningdek, lingvistik va madaniy omillarning o‘zaro ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, konseptlarning leksik-semantik paradigmadagi o‘rni, ularning madaniy va axloqiy mazmuni keng yoritilgan