Ijtimoiy-gumanitar fanlar

RAQAMLI GUMANIZM: KONTSEPSIYANING EVOLYUTSIYASI

Raqamli gumanizm, ta’lim ekotizimlari, axloqiy refleksiya, texnologizatsiya, aksiologik yondashuv, ta’limni gumanizatsiyalash, gibrid ta’lim, algoritmik adolat.

Mualliflar

Ushbu maqola ta’lim sohasida raqamlashtirish sharoitida raqamli gumanizmni aksiologik doira sifatida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Mavzuning dolzarbligi talabalarning subyektivligini yo‘qotish va ta’lim jarayonining texnokratlashuvi xavflariga qarshi turish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqot metodologiyasi geremenevtik tahlil, ta’lim ekotizimlarining aksiologik tahlili hamda global chaqiriqlarni mahalliy madaniy amaliyotlar bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan pedagogik refleksiyani o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, aynan texnologiyalar va gumanitar yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan gibrid ta’lim modellarigina shaxsiy muloqotni saqlab qolishga, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga va gumanistik qadriyatlarning reduktsiyalanish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi