Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA DISKURSIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTISH METODIKASI

Discursive competence, individualized approach, upper-grade students, communicative activity, methodology, discourse, critical thinking.

Mualliflar

Diskursiv kompetensiyani rivojlantirish zamonaviy ta’limning asosiy yo‘nalishlaridan biridir, ayniqsa, yuqori sinf o‘quvchilarida til va nutq malakalarini chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada individual yondashuv asosida yuqori sinf o‘quvchilarida diskursiv kompetensiyani rivojlantirishning metodik asoslari, bosqichlari va amaliy usullari ko‘rib chiqiladi. Shaxsiy xususiyatlar va ehtiyojlarni inobatga olgan holda dars jarayonini loyihalash, o‘quvchilarning kommunikativ faoliyatini faollashtirish va ularning mantiqiy-nutqiy salohiyatini kengaytirish orqali diskursiv kompetensiya shakllantiriladi. Maqolada ta’limiy diskurs, funksional nutq turlari va interaktiv metodlardan foydalanish orqali erishilgan empirik natijalar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, individual yondashuv asosida ishlab chiqilgan metodika o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, argumentatsiya, muloqot va madaniy muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishda samaralidir.