Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“HUSNI-XULQ” TUSHUNCHASINING SHAKLLANISHI VA UNING MOTRUDIYA TA’LIMOTIDAGI AHAMIYATI

Motrudiy, husni-xulq, axloq, aql, iymon, shariat, fazilatlar, ma’naviy kamolot, odob, fitrat.

Mualliflar

Mazkur maqolada “husni-xulq” tushunchasining shakllanishi va uning Abu Mansur Motrudiy ta’limotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Husni-xulq – insonning iymoni, aql-zakovati va odob-axloqi bilan chambarchas bog‘liq sifat sifatida ko‘rsatiladi. Motrudiy nazarida, yaxshi xulq Alloh tomonidan inson fitratiga ato etilgan bo‘lib, uni aql orqali to‘g‘ri rivojlantirishi asoslanganligi ochib beriladi. Maqolada Motrudiy axloqiy qadriyatlarni shariat va aql uyg‘unligida baholab, husni-xulqni faqat tashqi muomala emas, balki ichki e’tiqod va ma’naviy kamolot ifodasi sifatida taqdim etgani yoritiladi.