Ijtimoiy-gumanitar fanlar

RIVOJLANGAN O‘RTA ASRLARDA CHOCH VOHASIDAGI QISHLOQ AHOLI MASKANLARI: TARIXIY-GEOGRAFIK TAHLIL

Choch oasis, High Middle Ages, rural settlements, Chirchik, Ahangaran, Chatkal, toponymy, Arabic and Chinese sources, historical geography, Sogdian and Turkic toponyms

Mualliflar

Ushbu maqola rivojlangan o‘rta asrlarda (IX–XII asrlar) Choch (Toshkent) vohasining qishloq aholi maskanlari va ularning shakllanish jarayonlarini tarixiy-geografik manbalar asosida o‘rganishga bag‘ishlangan. Xitoy, arab va fors manbalarida tilga olingan qishloqlar nomi, ularning tabiiy-geografik joylashuvi, iqtisodiy hayoti, shuningdek, aholi yashash muhitining xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada Chirchiq va Ohangaron daryolari havzasi, Chatqol tog‘ tizmasi etaklaridagi qadimiy shahar va qishloqlar, ularning tarixiy ahamiyati hamda toponimik xususiyatlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari Choch vohasining o‘rta asrlar davridagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini yoritishda muhim manba sifatida xizmat qiladi.