Ijtimoiy-gumanitar fanlar

NEMIS TILIDAN O‘ZBEK TILIGA OMMAVIY AXBOROT MATNLARIDA FRAZEOLOGIZMLARNING TARJIMASI MASALASI

Frazeologizmlar, ommaviy axborot vositalari, tarjima strategiyalari, struktur-semantik xususiyatlar, ekvivalentlik, madaniy kontekst

Mualliflar

Ushbu maqolada nemis tilidan o‘zbek tiliga ommaviy axborot vositalarida qo‘llaniladigan frazeologik birliklarni tarjima qilish imkoniyatlari o‘rganilgan. Unda frazeologizmlarning lingvistik va madaniy xususiyatlari, ularni tarjima qilishda qo‘llaniladigan usullar hamda tarjimada muqobil variant tanlash masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada tilshunoslik va tarjimashunoslik nuqtai nazaridan frazeologizmlarning qiyosiy tahlili asosida tarjima muammolariga yechim topishga urinishlar yoritilgan