Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MIMEMIK MATN TUSHUNCHASI VA UNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Mimemik matn, noverbal vositalar, kinesika, takesika, proksemika, vizual tasvirlar, interaktivlik, tasvir, muloqot, pragmatik yondashuv.

Mualliflar

Ushbu maqolada verbal bo‘lmagan kommunikatsiya vositalari o‘rganiladi. Mimemik matn tushunchasi va uning lingvistik xususiyatlari: kontekstual bog‘liqlik, qisqalik va aniqlik; mimemik matnlarning o‘ziga xos jihatlari: vizual va lingvistik elementlarning uyg‘unligi, hissiyotlarni yetkazish, interaktivlik haqida fikr yuritiladi. Mimemik matnlarning psixolingvistik jihatlariga qisman to‘xtalingan. Ushbu matnlardagi emotsional ta’sir va interpretatsiya, kognitiv yuklamaning kamayishi, ijtimoiy ta’sir darajasi va pragmalingvistik nuqtayi nazardan kommunikativ strategiyalar, ijobiy va salbiy mulohazalar mimemik tasvirlarga misollar keltirib yoritilgan.