##submission.outdatedVersion##
Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ TILIDAGI YOVVOYI SUDRALIB YURUVCHI HAYVONLAR NOMLARINING LINGVISTIK VA STATISTIK TAHLILI

Sudralib yuruvchilar, lingvistik tahlil, onomastika, nomlash strategiyasi, leksik struktura, ingliz zoologik korpusi

Mualliflar

  • Maxfuza XIDIROVA, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti katta oʻqituvchisi, Uzbekistan

##submission.versions##

Ushbu maqola ingliz tilidagi 379 ta yovvoyi sudralib yuruvchi hayvon nomlaridan iborat korpusni lingvistik va statistik jihatdan tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi ushbu nomlar toʻplamining lingvistik xususiyatlarini, jumladan, strukturaviy tuzilishini, tarkibidagi leksik birliklarning qoʻllanish chastotasini, nomlash motivatsiyasini va bosh harflar boʻyicha taqsimlanishini aniqlashdan iborat. Nomlar ularning umumiy kategoriyasiga asoslangan tematik guruhlarga ajratildi. Tahlil natijasida ingliz tilida sudralib yuruvchilarni nomlashda qoʻllaniladigan lingvistik strategiyalar, eng mahsuldor leksik modellar va soʻzlar aniqlandi. Maʼlumotlar jadvallar va grafikalar yordamida koʻrsatilgan. Tadqiqot ingliz tilidagi zoologik leksikaning, xususan, onomastikaning ushbu qatlamini lingvistik nuqtai nazardan chuqurroq tushunishga hissa qoʻshadi.