Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“TESS D’URBERVILLLAR” VA “BONU” ROMANLARIDA SOF VA JAMIYATDA USTUVOR AXLOQIY TAMOYILLAR ZIDDIYATI

Tomas Hardy, Iqbol Mirzo, Tess, Bonu, axloqiy ziddiyat, sof qalb, jamiyat tanqidi, adabiyotda ayol obrazi, axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy adolatsizlik, ayollar taqdiri, zamonaviy tahlil.

Mualliflar

##submission.versions##

Mazkur maqolada ingliz adibi Tomas Hardining “Tess d’Urbervilllar” romani va o‘zbek yozuvchisi Iqbol Mirzoning “Bonu” romanlari tahlil etilib, ushbu asarlarda aks etgan sof axloqiy qadriyatlar va jamiyatda ustuvor bo‘lgan axloqiy me'yorlar o‘rtasidagi ziddiyat ochib beriladi. Ikkala asarda ham bosh qahramonlar – Tess va Bonu – o‘zining sof qalbi, pok niyatlari, halol hayotga intilishi bilan jamiyatdagi nosog‘lom, ikkiyuzlama axloqiy qarashlar va adolatsiz ijtimoiy tizim bilan to‘qnash keladi. Maqolada qahramonlarning ichki dunyosi, ularning ruhiy iztiroblari, axloqiy tanlovlar va hayotiy kurashlari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, mualliflarning davr va makon jihatidan farqli bo‘lishiga qaramay, ularning asarlarida insoniylik, ayol sha'ni, jamiyatdagi ijtimoiy bosim va axloqiy qadriyatlar mavzularining o‘xshash talqinda berilgani ko‘rsatib o‘tiladi.