Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KOGNITIV KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING PEDAGOGIK INTEGRATSIYASI

Kognitiv kompetensiyalar, raqamli texnologiyalar, pedagogik integratsiya, bo‘lajak o‘qituvchilar, metakognitiv ko‘nikmalar, axborot savodxonligi, tanqidiy fikrlash, adaptiv ta’lim, professional rivojlanish, zamonaviy ta’lim paradigmalari, texnopedagogik kompetensiyalar

Mualliflar

  • Shoxista OʻRINOVA Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti, Uzbekistan

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv kompetensiyalarini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning pedagogik integratsiyasining roli va ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda kognitiv kompetensiyalarning tarkibiy elementlari, zamonaviy raqamli vositalarning ta’lim jarayoniga integratsiya qilinish usullari va bu jarayonning o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqolada metakognitiv ko‘nikmalar, axborot savodxonligi, yangi pedagogik paradigmalar va professional rivojlanish masalalari ham batafsil yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarning to‘g‘ri pedagogik integratsiyasi bo‘lajak o‘qituvchilarning tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va adaptiv ta’lim strategiyalarini qo‘llash qobiliyatlarini sezilarli darajada oshiradi