Ijtimoiy-gumanitar fanlar

CHET TILI OʻQITISHDA TA’LIM AVTONOMIYASI KONSEPSIYASINING TARIXIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Ta’lim avtonomiyasi, mustaqil ta’lim, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, o‘z-o‘zini boshqarish, til o‘rgatish, pedagogik konsepsiyalar, ta’lim metodologiyasi

Mualliflar

Mazkur maqolada ta’lim avtonomiyasi konsepsiyasining shakllanishi va tarixiy rivojlanish bosqichlari ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Avtonomiya tushunchasining pedagogik mazmuni ochib berilgan, uning psixologik, sotsiologik va metodologik asoslari yoritilgan. Maqolada XX asr boshlarida yuzaga kelgan avtonomiya g‘oyalari, klassik pedagoglar — J. Dewey, M. Montessori, L.S. Vygotskiy kabi olimlarning ta’limga oid qarashlari hamda ularning bugungi zamonaviy yondashuvlarga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, til o‘rgatish va oliy ta’lim jarayonida ta’lim avtonomiyasining amaliy tatbiqi, uning milliy ta’lim tizimidagi o‘rni va istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim sifatini oshirish, talabalar mustaqilligini rivojlantirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda avtonomiya g‘oyalarining ahamiyatini asoslab beradi