Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ZAMONAVIY TA’LIMDA KO‘P VEKTORLI PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING KOLLOBORATIV KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY MEXANIZMLARI

Zamonaviy ta’lim, ta’limda vektorli yondashuv, ta’lim metodologiyasi,kolloborativ o‘rganish usuli, kichik guruhlarda o‘qitish metodi, pedagogik ta’lim modellari, ta’lim mexanizmlari, kolloborativ ko‘nikmalar

Mualliflar

  • Aziza TUREMURATOVA Qoraqolpoq davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi assistenti , Uzbekistan

Ushbu maqola zamonaviy ta’limda pedagogik yondashuvlar asosida ko‘p vektorli faol ta’lim va o‘quvchilarning pedagogik metodlarda kolloborativ ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha tadqiqotlarning qisqacha nazariy sharhini taqdim etadi. Ushbu ko‘p vektorli pedagogik yondashuvlar ta’limning ko‘p vektorli mexanizmlaridan pedagogik modellar bilan shakllanishi haqidagi ta’riflari berilgan. Ko‘p vektorli pedagogik yondashuvlarga asoslangan ta’lim metodlarivakolloborativ o‘qitish shakllarining asosiy xususiyatlari sanab o‘tilgan. Hamkorlik (kolloborativ ta’lim) dasturi bilan o‘qitish metodlarida qo‘llaniladigan o‘quv faoliyati turlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tilgan: O‘quvchilarning kolloborativ ko‘nikmalarini shakllantirishda asosan dars jarayonida yangi pedagogik metodlardan foydalanish orqali munozara qilish,erkin fikr bildira olish, tengdoshlar bilan birgalikda o‘rganish usullari, ta’limda muammolarni hal qilish, birgalikda ma’lumotlarni to‘plash hamda fanga oid qiziqarli o‘yinlar orqali tashkil etish dars samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi