Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTON VA FRANSIYA ALOQALARINING RIVOJLANISHIDA MADANIY DIPLOMATIYA OMILI

Diplomatiya, sivilizatsiya, globalizatsiya, madaniy va siyosiy hamkorlik, madaniy komponent.

Mualliflar

Bugungi kunda strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan O‘zbekiston va Fransiya munosabatlarining tadrijiy rivojlanishida madaniy diplomatiyaning roli muhim hisoblanadi. Garchi ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yilda o‘rnatilgan bo‘lsa-da, o‘zaro hamkorlik uzoq tarixiy ildizlarga borib taqaladi. Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, madaniy omilga ikki davlat o‘z tashqi siyosatining eng muhim tarkibiy qismi sifatida qarab kelgan. Sharq sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan O‘zbekiston, ikkinchi tomonda – Yevropa tamaddunining marvaridi va taraqqiyot markazi sifatida eʼtirof etilgan Fransiya doimo madaniyatlararo muloqotni rag‘batlantirishga alohida eʼtibor berib kelgan.