Ijtimoiy-gumanitar fanlar

XX ASRNING 60-70-YILLARIDA CHORVACHILIK TARMOG‘IDA MAHSULOTNI QAYTA ISHLASH MASALALARINING TARIXIY TAHLILI

XX asr, O‘zbekiston SSR, chorvachilik, mahsulotni qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati, iqtisodiy islohotlar, tarixiy tahlil.

Mualliflar

  • Ravshan DJURAYEV, O‘zbekiston Milliy universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi dotsenti, PhD, Uzbekistan

Mazkur maqolada XX asrning 60–70-yillarida O‘zbekiston SSRda chorvachilik tarmog‘ida mahsulotlarni qayta ishlash masalalari tarixiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda mahsulot yetishtirish va uni qayta ishlashdagi mavjud muammolar, davlat siyosatining ta’siri, iqtisodiy islohotlarning natijalari hamda chorvachilik mahsulotlari asosida oziq-ovqat sanoati rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy omillari yoritilgan. Arxiv hujjatlari, statistik ma’lumotlar va davriy matbuot materiallari asosida o‘sha davrda ishlab chiqarishning samaradorligi, qayta ishlash korxonalarining faoliyati hamda chorvachilik mahsulotlarini tayyorlash tizimidagi o‘zgarishlar ochib beriladi