Ijtimoiy-gumanitar fanlar

IQTISODIYOT SOHASI TALABALARI UCHUN KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYA: NAZARIYA VA AMALIYOT

Kommunikativ kompetensiya, iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari, CEFR, ESP, CLIL, raqamli texnologiyalar

Mualliflar

Ushbu maqolada iqtisodiyot yo‘nalishi talabalarida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish masalasi milliy va xorijiy tajribalar asosida tahlil qilingan. Avvalo, izohli va filologik lug‘atlar hamda darsliklarda “kommunikativ” va “kompetensiya” tushunchalarining izohlari qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalar tahlil qilinib, CEFR standartlari, ESP metodologiyasi, CLIL yondashuvi hamda raqamli texnologiyalar asosidagi ta’limiy yechimlarning o‘rni ko‘rsatib berilgan. Xulosa sifatida, xalqaro tajribalarni O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari uchun samarali kommunikativ kompetensiyani shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan