Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MAQOLLARDA GENDER IFODALANISHI: INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI MAQOLLARNING CHOG‘ISHTIRMA TADQIQI

Gender ifodalanishi, maqollar, madaniyatlararo tadqiqot, Ingliz maqollari, o‘zbek maqollari, patriarxal g‘oyalar, madaniy qadriyatlar.

Mualliflar

  • Umida JUMAYEVA O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi , Uzbekistan

Ushbu tadqiqot turli madaniyatlarda maqollarda gender ifodalanishiga bag‘ishlangan, ayniqsa ingliz va o‘zbek til an’analari tahlil qilingan. Tadqiqotda ayollar va erkaklarning maqollarda qanday tasvirlanishi, shuningdek, bu ifodalar shakllanishiga ta’sir etgan madaniy va ijtimoiy kontekstlar tahlil qilingan. Metodologiya sifat va miqdoriy tahlil usullarini uyg‘unlashtirgan. Tadqiqot natijalari ingliz va o‘zbek maqollarida patriarxal g‘oyalar aks etishini va oila, ma’naviyat qadriyatlarini saqlashini ko‘rsatadi.