Ijtimoiy-gumanitar fanlar

FIZIKANING OPTIKA BO‘LIMIGA OID NAMOYISH TAJRIBALARIDAN MA’RUZA JARAYONIDA FOYDALANISHDA ERGONOMIK TAMOYILLARGA RIOYA QILISH IMKONIYATLARI

Optika, namoyish tajribasi, ergonomika, ko‘rish burchagi, yorug‘lik sharoitlari, rang kontrasti, didaktik samaradorlik.

Mualliflar

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida fizikaning optika bo‘limiga oid namoyish tajribalarini o‘tkazishda ergonomik tamoyillarga rioya qilishning ilmiy-metodik asoslari keng qamrovda tahlil qilinadi. Tadqiqotda yorug‘likning sinishi, qaytishi, interferensiya va difraksiya kabi asosiy optik hodisalarni tushuntirishda qo‘llaniladigan linza, prizma, optik stollar, spektroskop va boshqa qurilmalar dizaynining ergonomik talablarga mosligi baholangan. Ergonomik yondashuv doirasida qurilmalarning o‘quvchi va o‘qituvchi uchun qulay joylashuvi, ko‘rish burchagi, rang kontrasti, yorug‘lik intensivligi va aks ettirish xususiyatlari nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganildi. Maqolada, shuningdek, ergonomik parametrlarni hisobga olgan holda optik namoyishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar keltirilgan.