Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BO‘LAJAK BIOLOGIYA O‘QITUVCHILARI KASBIY-METODIK KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH VOSITALARINI LOYIHALASH VA VALIDATSIYALASH

Kompetensiya, kasbiy-metodik kompetensiya, bo‘lajak biologiya o‘qituvchisi, baholash vositalari, diagnostika, validatsiya, kvalimetriya, keys-stadi.

Mualliflar

Mazkur maqolada bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalarini baholashning dolzarbligi, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalari tarkibiy komponentlari (kognitiv, faoliyatli-texnologik, shaxsiy-ijodiy) aniqlashtirilgan. Ushbu komponentlarni tashxislashga yo‘naltirilgan baholash vositalari – kompleks vaziyatli topshiriqlar (keys-stadilar), loyihaviy ishlar va diagnostik testlar to‘plamini loyihalash tamoyillari va metodikasi bayon etilgan. Ishlab chiqilgan baholash vositalarining ishonchliligi va asosliligi (validligi) pedagogik tajriba-sinov jarayonida statistik metodlar (ekspert bahosi, korrelyatsion tahlil) yordamida tekshirilib, olingan natijalar asosida ularni oliy ta’lim amaliyotida qo‘llash bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar berilgan.